OCHL. 2-turga nazar. Toshkentda atigi bir ochko

Narzulla Saydullayev
6 mar 2015, 16:17
Osiyo chempionlar ligasining 2-turini ikkita jamoamiz Toshkentda o'tkazdi.
Eron klublari bilan kechgan bahsda "Bunyodkor" yutqazib qo'ygan bo'lsa, "Lokomotiv" durang o'ynadi. Quyida 3-tur o'yinlaridan oldin jamoalarning imkoniyatini chamalab ko'ramiz.

OCHL. "V" guruhi. 2-tur
"Bunyodkor" - "Persepolis" 0:1


"Bunyodkor" o'yindagi yagona golni penaltidan o'tkazib yubordi. Shundan so'ng jamoa oxirigacha kurash olib bordi, biroq raqib darvozasiga to'p kirita olmadi. Negaki eronliklar o'yinning qolgan qismini juda ehtiyotkorlik bilan o'tkazishdi. Qatarda o'tkazilgan "Laxviya" - "Al Nasr" bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. 2-tur natijalaridan so'ng guruh jadvali quyidagicha ko'rinish olgan.

Guruhdagi vaziyat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Persepolis22004 - 046
2Al Nassr
20202 - 202
3Bunyodkor20111 - 2-11
4Lahviya20111 - 4-31


Ko'rib turganingizdek, "Bunyodkor" bir ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. Jamoa navbatdagi turni yana o'z maydonida, faqat bu safar oxirgi o'rinni egallab turgan "Laxviya"ga qarshi o'tkazadi. 17 mart kuni bo'lib o'tadigan bahsda "Bunyodkor"ni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Shundagina jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin. Guruh peshqadami "Persepolis" esa Saudiya Arabistoniga safar qilib, "Al Nasr" bilan kuch sinashadi.

Keyingi o'yinlar. 17 mart
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Laxviya" (Qatar)
"Al Nasr" (S.Arabistoni) - "Persepolis" (Eron)




OCHL. "S" guruhi. 2-tur
"Lokomotiv" - "Fulad" 1:1


OCHL guruh bosqichida ilk bor ishtirok etayotgan "Lokomotiv" qanday bo'lmasin "Fulad" ustidan g'alaba qozonishi shart edi. Shundagina jamoa oldidagi vazifa biroz bo'lsa ham engillashardi. Biroq "temiryo'lchilar" hisobda oldinda borayotib rikoshet tufayli gol o'tkazib yuborishdi, buning ustiga ikkinchi taymda g'alaba to'pini kirita olishmadi.

Guruhdagi vaziyat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Al Sadd21101 - 014
2Al Hilol21013 - 213
3Fulad20201 - 102
4Lokomotiv20112 - 4-21

Hozircha jamoa bir ochko bilan guruhdagi oxirgi o'rinni egallab turibdi. "Lokomotiv" navbatdagi turni safarda guruh peshqadami "Al Sadd"ga qarshi o'tkazadi. "Al Sadd" bu tur o'z maydonida "Al Hilol"ni mag'lub etganini hisobga olsak, Abramov shogirdlariga oson bo'lmasligini taxmin qilish qiyin emas. Ikkita o'yindan beri durang qayd etayotgan "Fulad" esa o'z uyida "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Keyingi o'yinlar. 17 mart
"Fulad" (Eron) - "Al Hilol" (S.Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar) - "Lokomotiv" (O'zbekiston)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia