OCHL 2. "Al Nassr"da yirik g'alaba, Ashurmatov eng zo'rlardan biri bo'lgan bahsda "Istiqlol" durang o'ynadi va qo'shnilarimizda mag'lubiyat

Khoja
6 noya 2025, 07:28
Kecha OCHL 2 musobaqasining boshqa turlarida ham uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Saudiya Arabistonning "Al Nassr" jamoasi "Goa"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Eronning "Istiqlol" jamoasi mehmonda "Al Vihdat" jamoasi bilan 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etdi Mehmonlar safida Rustam Ashurmatov 90 daqiqa harakat qildi va Sofascore tomonidan 7,5 bahoga loyiq ko'rildi.

Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi ham ushbu turda mehmonda harakat qildi. Qo'shnilarimiz "Al Zavra"ga qarshi bahsda 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

OCHL-2. 4-tur. 5 noyabr

A guruhi

Al Vihdat - Istiqlol Tehron 1:1

Gollar: Nabhan (19) - Ahmadi (38).



D guruhi

Al Nassr - Goa 4:0

Gollar: G'arib (35, 53), Marran (65), Feliks (84).



Az Zavra - Istiqlol Dushanbe 2:1

Gollar: Abdulkarim (7), Ibrohim (53, penalti) - Amir Jo'raboev (64, penalti).


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia