"Obod": Jamoa tatilda

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 12:03
O'zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralash o'yinlari doirasida Eron va Xitoyga qarshi uchrashuvlari sabab oliy ligada tanaffus yuzaga keldi.

Oliy liganing 24-turini 1 oktyabr kuni "Neftchi"ga qarshi o'tkazgan "Obod" 25-turda Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Mazkur o'yin 14 oktyabrga belgilangan. Turlar orasidagi muddatning uzoqligini inobatga olgan jamoamiz murabbiylari shtabi futbolchilarga qisqa muddatli tatil berdi. Endi mashg'ulotlar 6 oktyabrdan boshlab davom ettiriladi.

"Obod" matbuot kotibi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia