"Obod": Bugun-ertaga futbol

Narzulla Saydullayev
2 sen 2017
Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan "Obod" bugun-erta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Xuddi chempionatda bo'lgani singari bir yo'la ikkala tarkib navbatma-navbat bir raqibga qarshi o'ynaydi. Bugun Vohid Xolboev boshchiligidagi yoshlar "Paxtakor"ning o'rinbosarlari bilan kuch sinashsa, ertaga asosiy tarkib Shota Arveladze murabbiyligidagi "sherlar" bilan sinov-nazorat bahsini o'tkazadi.

Har ikkala bellashuv ham "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. O'rinbosarlar o'rtasidagi bahs bugun 17:00da start olsa, asosiy tarkib jamoalari o'yini 18:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcobod.uz