Oblak "Atletiko"dagi 200ta o'yindan 112tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. Bu klub rekordi

Alisher
29 noya 2020, 10:15
"Atletiko" Ispaniya chempionati 11-tur doirasidagi "Valensiya" (1:0)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.

Madridliklar darvozasini Yan Oblak qo'riqladi va bu uning La Ligadagi 200-o'yin bo'ldi. Posbon bu o'yinlardan 112tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan - rekord ko'rsatkich.

"Atletiko" darvozabonlari orasida faqatgina Abel Resino La Ligada 200lik dovonga yetib kegan. U klub tarkibida 243ta o'yinda maydonga tushib, 94tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko"ning 27 yoshli futbolchisi dunyoning eng qimmat darvozaboni (90 million evro) hisoblanadi.

Takidlash kerakki, Yan Oblak joriy mavsum Ispaniya chempionatidagi 9ta o'yinda atigi 2ta to'p o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/2010MisterChip