Obameyang yuragi bilan bog'liq holatga to'xtaldi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2022, 09:45
“Arsenal” forvardi Per-Emerik Obameyang sog'lig'I haqida gapirdi.

Hujumchi koronavirus yuqtirganidan keyin yuragi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgani tufayli Gabon TJ ixtiyorini tark etgandi.

“Qo'shimcha tekshiruvlardan o'tish uchun Londonga qaytdim. Xursandchilik bilan shuni ma'lum qilamanki, yuragimda hammasi joyida va butunlay sog'lomman. Oxirgi bir necha kun ichida yuborgan xabarlaringizni juda ham qadrlayman”, deb yozgan Obameyang ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum “to'pchilar” libosida 15 o'yinda qatnashib, 7+2 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: footboom.com