Obameyang uchun kurashda asosiy favorit ma'lum bo'ldi

25 may 2020, 07:55
Gabonlik Fransiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

PSJ klubi yozgi transferlar vaqtida “Arsenal”dan Per-Emerik Obameyangni sotib olishga harakat qiladi. Ma'lum bo'lishicha, parijliklar bu borada London klubi bilan muzokaralarni boshlagan. PSJ Obameyang uchun 38 mln evro to'lashga tayyor. Avvalroq hujumchiga “Real” ham da'vogarligi aytilgandi. Ammo PSJ hozirda favoritga aylangan.

Obameyang joriy mavsum APLda 26 ta o'yinda 17 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Todofichajes