Obameyang derbi oldidan "Arsenal"ga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022
Shu hafta oxirida Angliya Premer-ligasida "Chelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi "London derbisi" bo'lib o'tadi.

Ushbu to'qnashuv oldidan "BT Sport" nashri anons e'lon qildi. Unda ayni damda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan hujumchi Per-Emerik Obameyang asosiy qahramon sifatida tilga olindi. Xabaringiz bor, gabonlik futbolchi ilgani "Arsenal"da o'ynagan.

"Arsenal", shaxsiy hech narsa narsa yo'q. Men qaytdim, men ko'kman, men tayyorman. Qani ketdik!", – dedi Obameyang.

"Chelsi" – "Arsenal" uchrashuvi 6 noyabr, yakshanba kuni o'tkaziladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BT Sport