Obameyang: Biz baxtlimiz

Narzulla Saydullayev
11 avg 2019
Arsenal hujumchisi Per-Emerik Obameyang APL 1-turidan o'rin olgan Nyukasl ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Bugun kurash bo'ldi. Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba bilan boshlash muhim edi. O'tgan mavsum yomon boshlagandik, shu bois hozir baxtlimiz. Uch ochkodan xursandmiz, keyingi o'yinlarda ham g'alabaga umid qilamiz.

Oltin butsa haqida

Albatta, hujumchilar buni o'ylashadi, ammo men uchun asosiysi jamoa. Golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman, – deydi Obameyang.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com