OAV: Ronaldu Jorjina Rodrigesga JCH-2018 dan keyin uylanadi

18 noya 2017, 02:28
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qiz o'rtog'i Jorjina Rodrigesga 2018 yilgi Jahon chempionatidan keyin uylanish niyatida.

AS nashrining Porgugaliyada chop etiladigan  Correio de Manha gazetasiga tayanib xabar berishicha, futbolchi kelgusi yilning avgustida nikohdan o'tadi. 

12 noyabr kuni Rodriges va Ronalduning farzandi – Alana Martina dunyoga keldi. 32 yoshli hujumchining uchta farzandi bor. 7 yoshli o'g'li kichik Krishtianu va shu yilning iyunida dunyoga kelgan Eva hamda Mateo. 

Takidlash joizki, Correio de Manha nashri birinchi bo'lib futbolchining egizak farzandlari dunyoga kelishi va Rodrigesning homiladorligi haqida xabar tarqatgan va u yakunda haqiqatga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As