

Manchester klubi Sanchesga 30 million evro va bonus sifatida 10 million bermoqchi edi. Bu haqda O Jogo futbolchining agenti Jorje Mendeshga tayanib xabar berdi.
Manchester Yunayted keyinroq 40 million evro va bonus sifatida 20 million berishga rozi bo'ldi. Biroq Benfika Sanchesni bonuslarsiz 60 million evroga sotishini ma'lum qildi.
MYU skautlari oxirgi 2 hafta davomida Benfikaning 3ta o'yinini kuzatishdi.



