"Nyukasl"ga yozda transferlar uchun qancha mablag' ajratiladi?

Mirjalol Normatov
9 iyun 2023, 22:15
Eddi Xau boshchiligidagi "Nyukasl" navbatdagi mavsumda YCHLda ishtirok etadi.

Klub rahbariyati yozgi transferlar uchun 75 mln evro ajratdi. Ayni damda klubning asosiy maqsadi Jeyms Meddison bo'lib turibdi.

Umuman olganda, transferlar uchun ajratiladigan mablag' 100 mln evroga yetishi mumkin. Biroq buning uchun tarkibdagi bir qancha futbolchilar jamoadan ketishi kerak bo'ladi.

Hozircha "Nyukasl" Skott Maktomini ("Manchester Yunayted"), Moyses Kaysedo ("Brayton") hamda Konor Gallaxer ("Chelsi") nomzodini ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia