"Nyukasl" yana "Shaxtyor" iqtidoriga qiziqa boshladi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 10:38
Angliya klublariga ukrainalik futbolchi kerak.

"Nyukasl" Doneckning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Mixail Mudrikni sotib olmoqchi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, ingliz klubi allaqachon "konchilar" bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqqan.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Mudrik uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.

21 yoshli Mudrikning "konchilar" bilan bitimi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Mixailni 40 million evroga baholayapti.

Mudrik joriy mavsum 24 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider