"Nyukasl" vingeri bir qancha oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
26 sen 2023, 19:13
"Nyukasl" futbolchisi Xarvi Barns jarohati sababli bir qancha uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, Barns APL doirasida "Sheffild Yunayted"ga qarshi o'yinda jarohat olgan. Hozircha uning aynan qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas, ammo eng kami 2 oy u futboldan tashqarida bo'lishi kutilmoqda.

Barns iyul oyida "Nyukasl"ga ko'chib o'tdi va jamoa tarkibida 7 o'yin o'tkazib, 1tadan gol va assistni hisobiga yozdirib qo'ydi. Jamoaning navbatdagi uchrashuv 27 sentyabr kuni Angliya Liga Kubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports