

30 yoshli italiyalik futbolchiga Nyukasl Yunayted qiziqmoqda, deb xabar bermoqda Nikola Skira tvittyerda.
Nyukasl Insineni keyingi yil yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi. Eslatib o'tamiz, Lorenconing Napoli bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi. Italiya klubi futbolchiga maoshi kamaygan holda yangi shartnoma taklif qilmoqda.
Bu mavsum Lorenco Insine Napoli safida 14ta o'yinda 5ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.



