"Nyukasl" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
29 apr 2022, 14:51
"Nyukasl" o'z rasmiy saytida himoyachi Fabian Sher bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Yangi bitim 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Fabianning formasidan hayratdaman. U mutlaq professional va jamoa uchun o'ta muhim o'yinchi. Uning klub uchun borini berganidan mamnunman. U bor e'tiborini muvaffaqiyatga qaratgan va uning kelajagimiz bir qismi bo'lishidan xursandman", - dedi jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau.

30 yoshli Sher joriy mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/newcastleunited