"Nyukasl" Azarga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022, 19:25
Belgiyalik futbolchi APLga qaytishi mumkin.

"Nyukasl" "Real" vingeri Eden Azarni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

"El Nacional"ning ma'lum qilishicha, Angliya klubi belgiyalik futbolchi uchun 20 million evro taklif qilishga tayyor. Kelishuv yaanvar oyida amalga oshishi mumkin, chunki "Real" Azaro bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.

31 yoshli vinger ilgari  "Lill" va "Chelsi" klublarida ham to'p tepgan. Uning Madrid klubi bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Azar joriy mavsum "Real" libosida La Liga doirasida 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional