"Nyukasl" 37 million evroga himoyachi sotib oldi

Оқил Абдубарноев
9 avg 2023
"Sautgempton" qanot himoyachisi Valentino Livramento "Nyukasl"ga o'tdi, bu haqda "oq-qoralar" rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 20 yoshli futbolchining transferi uchun "oq-qoralar" 37,2 million evro to'laydi.

Livramento Londonning "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Valentino o'tgan mavsum "Sautgempton" bilan Chempionshipga tushib ketgan edi.

"Nyukasl" o'tgan mavsum APLda to'rtinchi o'rinni egalladi. Jamoa uzoq tanaffusdan so'ng Chempionlar ligasiga yo'l oldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: