

“Biz Messini Nyuellsga olib kelishga 100% tayyormiz. Bu hammaning orzusi.Uni kelishini nafaqat Argentina, balki Lotin Amerika futbol muxlislari istashadi. Agar Messi kelsa, “Nyuells” qitaning eng mashhur jamoasiga aylanadi. Bu sodir bo'ladimi yoki yo'qmi, vaqt ko'rsatadi. Biz uni qancha vaqt kerak bo'lsa, kutamiz”, - dedi Allegri.
Messi “Nyuells Old Boyz” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining o'zi ham bir necha bor faoliyatini “Nyuells Old Boyz”da yakunlash istagi borligini takidlagan.
35 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.



