Nuraliev: O'zbekiston yangi marrani zabt eta oladi

O'smirlar o'rtasida BAA da bo'lib o'tadigan Jahon chempionati ham yaqinlashmoqda. FIFA rasmiy sayti O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuralievdan intervyu oldi. Quyida FIFA.com saytida berilgan maqola bilan tanishishingiz mumkin.

Ko'pchilik Osiyo jamoalari uchun FIFA musobaqalarida guruh bosqichidan o'tish katta natija hisoblanadi, chorak finalni esa aytmasa ham bo'ladi. Ammo o'zbekistonlik yoshlar ikki bor chorak finalga chiqib, jahon miqiyosida kurasha olishlarini isbotlashdi. 


Ikki yil avval tezkor O'zbekiston jamoasi Meksikada FIFAning 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Jahon chempionatini shasht bilan zabt etdi. Debyutant jamoa kuchli sakkizlikka kira oldi va finalda o'ynagan Urugvayga 2:0 hisobida mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi. Yaqinda esa Markaziy Osiyoliklar FIFAning 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan  Jahon chempionatida mahorat ko'rsatishdi va Yangi Zelandiya, Gretsiya kabi jamoalarni ortda qoldirib chorak finalda o'ynashdi. Butunjahon musobaqada ikkinchi bor qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi yangi marralarni zabt etishga e'tiborini jam qilgan.

“Bizning avvalgi jamoamiz Meksika 2011 da ancha yaxshi ishtirok etdi”, - dedi Nuraliev FIFA.com saytiga. “Va biz o'sha muvafaqiyatni yaxshilashga xarakat qilamiz. Yoshlar terma jamoamizning Turkiya 2013 dagi ajoyib o'yinlari nafaqat bizga, balki barcha yoshdagi terma jamoalarimizga ilhom baxsh etdi. Biz o'zimizga ishonamiz va maqsadimizga erishishga qodirmiz”.

Ro'hiy kuch
Nuralievning ishonchi, uning shogirdlari sentyabr oyida Osiyo chempionatidagi tarixiy muvafaqiyatga erishganini hisobga olsa asossiz emasligi ayon bo'ladi. Xitoy bilan durang o'ynab qiyinchilik bilan guruhdan chiqishiga qaramasdan, ular chorak finalda Janubiy koreyani mag'lub etishdi va Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Finalda ular Yaponiyani mag'lub etib o'zlari uchun birinchi qita chempionligiga erishishdi.

Musobaqa davomida ular, guruhda Xindistonni va yarim finalda Eronni kichik farq bilan, ikkala Koreyani shuningdek Yaponiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib juda qatiyatli va matonatli jamoa sifatida taassurot qoldirishdi.

"Bizda ruhshunos murabbiy bor, u jamoa ruhiyatiga masul”, - tushuntirdi Nuraliev. “Boshqa murabbiylar, mashg'ulotlar davomida futbolchilar ongiga jangovor ruhiyatni singdirishga yordam berishadi. Va biz bolalardan o'ziga ishonch bilan o'ynashni talab qilamiz”.

"Futbolchilar Osiyo chempionatida katta bosimga duch kelishdi. Biz guruh bosqichida raqiblarimizga qarshi ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurdik va futbolchilar o'zlarini eng zo'r o'yinlarini namoyish eta olishmadi. Ammo Jahon chempionati yo'llanmasini naqd qilganimizdan so'ng men bolalarga xotirjam bo'lishni aytdim, va ular buni bajarishdi. Umid qilamanki, shogirdlarim Jahon chempionatida ham shunday o'ynashda davom etishadi. Ular mamlakatimizning eng istedodli futbolchilari, va buni ular isbotlashmoqchi".

Asosiy futbolchilar
Butun o'zbek jamoasi ajoyib o'ynagan bo'lishiga qaramasdan darvozabon Sarvar Karimov o'z o'rnida qahramonlik ko'rsatib bor e'tiborni o'ziga qaratdi. Dastlabki ikki uchrashuvda zaxirada o'tirgan Toshkentning Lokomotiv klubi darvozaboni Suriyaga qarshi o'yinda maydonga tushdi, va turnir oxirigacha asosiy darvozabon bo'lib qoldi. Katta ehtimol bilan u Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarshi hayajonli penaltilar seriyasida hal qiluvchi rolni ijro etdi.  “U saralashda yaxshi xarakat qildi va endi u bizning birinchi raqamli darvozabonimiz”, - dedi bosh murabbiy.

Xuddi Karimov singari hujumchi Akobir To'raev ham musobaqada zahiradan maydonga tushdi va Janubiy Koreya hamda Yaponiyaga qarshi juda muhim o'yinlarda hisobni tenglashtiruvchi gollarni kiritdi.

"Biz Osiyo chempionatini boshlaganimizda To'raev asosiy o'yinchimiz emasdi. Ammo men uning mashg'ulotlardagi xarakatlaridan nimaga qodirligini bilardim. Biz uni pley-of bosqichiga asrab qo'ygandik va u o'zining gol urish qobiliyatini ko'rsatdi. Agar shu o'ynini saqlab qolsa u albatta asosiy tarkibga kiradi".

Jahon chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda. Iyul va Avgust oylarida Nuraliev shogirdlari mahalliy birinchi liga vakillari hamda boshqa bir Jahon chempioni yo'llanmasini qo'lga kiritgan Eron o'smirlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishadi.

Jahon chempionati haqidagi o'ylar fikrini tark etmayotganiga qaramay, bosh murabbiy shuningdek uzoq muddatli maqsadlarni ham esda tutib turibdi. “Barchamiz bor kuchimizni berib ajoyib natija – Jahon chempionati finaliga chiqishni xohlayapmiz,” – dedi u. “Ammo bizning asosiy, uzoq muddatli maqsadimiz – bu ushbu futbolchilarni kelgusida milliy terma jamoamizga tayyorlash. Ular bizning kelajagimiz vakillari”.

Qobiljon Babaev tarjimasi


Manba: fifa.com