Nuraliev Avstriya yig'iniga 18 nafar futbolchi bilan yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2013, 11:01
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 4 sentyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Avstriyaga uchib ketadi.
O'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 4-9 sentyabr kunlari Avstriyada navbatdagi yig'inini o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Mazkur yig'in davomida Nuraliev shogirdlari 5 hamda 7 sentyabr kunlari mezbon - Avstriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Takidlash joiz, Avstriya o'smirlar terma jamoasi (U-17) ham BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi ishtirokchisi sanaladi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev Avstriyaga jami 18 nafar futbolchi bilan yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtitrok etadi.

Avstriya yig'iniga chaqiriligan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Sarvar Karimov, Shoxjahon Eshbo'taev
Himoyachilar: Ibrohim Abdullaev, Odil Hamrobekov, Jamshid Boltaboev, Oybek Erkinov, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Humoyun Agzamov.
Yarim himoyachilar: Ravshan Xursanov, Izzatilla Abdullaev, Ilhomjon Abdug'aniev, Islom Karimov, Zarbillo Umarov.
Hujumchilar: Akobir To'raev, Abbos Nematillaev, Shaxzod Ochilov, Javohir Siddiqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com