Nunu Gomesh: Ederson dunyodagi eng kuchli uchta posbondan biri

27 fev 2018, 23:40
Benfika va Portugaliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Nunu Gomesh “Manchester Siti” posboni Edersonni dunyoning eng kuchli posbonlaridan biri deb hisoblaydi.

24 yoshli braziliyalik posbon o'tgan yili yozda 40 million evro evaziga “Benfika”dan “Manchester Siti”ga ko'chib o'tgandi. U hozirda “shaharliklar”ning asosiy darvozaboni hisoblanadi.

“Ederson allaqachon dunyoning uchta eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U eng yaxshi ham bo'lishi mumkin. Bu albatta uning o'ziga bog'liq. O'ylashimcha, bu borada u hech qachon o'zgarmaydi, o'sishda davom etadi. 

U faoliyati boshidayoq og'ir mehnatsiz hech narsaga erishib bo'lmasligini his qilgandi. Portugaliyada Ederson qiyin vaziyatlarni boshida kechirdi. 

U mashaqatli mehnati, boshqalardan ko'proq harakat qilganligi sababli hozirgi darajasiga chiqa oldi. U hozir yuqori darajaga chiqdi. Bundan ham yuqori pog'onani zabt eta oladi, chunki harakat qilishda davom etmoqda” deya Gomeshning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com