

Eslatib o'tamiz, urugvaylik oldingi chiziq vakili "Nyukasl"ga qarshi bahsda (2:0) elkasidan jarohat olgandi.
"Nunesda "Real"ga qarshi maydonga tushish imkoniyati mavjud. Yakuniy qarorni qabul qilish uchun uning bugungi holatini ko'zdan kechirishimiz lozim", dedi germaniyalik mutaxassis.
23 yoshli hujumchi joriy mavsum "Liverpul" safida 28ta bahsda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.



