Nsungusi Effiong "Neftchi"ni tark etdi. U faoliyatini Yevropada davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2025, 08:40
"Neftchi" tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.

Jamoani nigeriyalik hujumchi Nsungusi Effiong tark etdi. Futbolchi o'tgan mavsum farg'onaliklar tarkibida Superligada 24 ta o'yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. Bundan tashqari jamoadoshlarining 5 ta goliga assist vazifasini bajardi. Effiong endilikda faoliyatini Ruminiya chempionatida davom ettiradi. U "UTA Arad" jamoasi bilan 2026 yilning 30 iyun sanasigacha shartnoma imzoladi. 

Transfermarkt forvardning narxini 450 ming evroga baholagan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia