Noyer: “Bizga ishonch va bosiqlik yetishmadi”

15 sen 2019, 09:35
“Bavariya” posboni Manuel Noyer Germaniya chempionati 4-turida “RB Leypig”ga (1:1) qarshi bahsdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchi bo'limdagi ustunligimizni yanada mustahkamlashimiz lozim edi. Barcha savollarga javob berishimiz, hech bo'lmaganda 1:0 hisobini saqlab qolishimiz kerak edi. Bu durang bizni biroz “ritm”dan chiqarib yubordi, chunki o'yinda biz to'liq ustunlik qilgandik. Tanaffusdan keyin yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Bizga sovuqqonlik va ishonch yetishmadi. Kelajakda aynan shu kamchiliklarimizni bartaraf etish ustida ishlaymiz va yaxshi natijalarni qo'lga kiritamiz”, deydi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" ФК расмий сайти