"Nottingem Forest" "Chelsi" himoyachisini sotib olish istagida

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022, 21:25
"O'rmonchilar" mudofaa chizig'ini kuchaytirishmoqchi.

Insayder Nizar Kinsellaning takidlashicha, "Chelsi" chap qanot himoyachisi Emerson Palmeri "Nottingem Forest" short-listidan joy oldi.

Manbaga ko'ra, "Betis" a'zosi Aleks Morenoning transferidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "Forest" boshqa variantlarga o'tishga qaror qilgan. Emerson "o'rmonchilar" uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan italiyalikni Mauricio Sarri "Lacio"da ko'rishni istagandi. Biroq rimliklar bu borada hech qanday taklif bilan chiqishgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: standard.co.uk