"Nottingem Forest" bosh murabbiy Shon Daychni iste'foga chiqardi

Iskandarov Abdulaziz
12 fev 2026
"Nottingem Forest" klubi bosh murabbiy Shon Daych bilan hamkorlikni to'xtatganini rasman e'lon qildi.

"Nottingem Forest" futbol klubi Shon Daych bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini tasdiqlaydi. Biz Shon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi mehnati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hozircha bu masala yuzasidan qo'shimcha izoh berilmaydi", - deyiladi jamoaning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda "Nottingem Forest" allaqachon uchinchi murabbiy bilan xayrlashdi. Bundan avval klub Nunu Eshpiritu Santu hamda Angelos Postekoglu bilan hamkorlikni yakunlagan edi.

Ayni paytda jamoa Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: nottinghamforest.com