"Nottingem" "Bavariya" futbolchisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022, 15:32
Himoyachi Omar Richards "Bavariya"dan "Nottingem Forest"ga o'tdi.

Angliyalik futbolchi APL klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 

Fabricio Romanoning yozishicha, "Nottingem" transfer uchun 10 million evro to'lagan. Shuningdek, futbolchining keyingi transferidan "Bavariya" 15 foiz mablag' ishlab oladi.

Richards Bundesligada bir mavsum o'tkazdi va 12 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk