Norvegiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 12:27
2019 yil yakunlariga ko'ra, yilning eng yaxshi norvegiyalik futbolchisi aniqlandi.

"Real" futbolchisi sifatida "Real Sosedad" tarkibida ijarada o'ynayotgan Martin Edegor ushbu etirofga loyiq ko'rildi. 21 yoshli futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda Erling Xoland, Joshua King va Sander Bargelarni ortda qoldirdi.

Qayd etish kerak, Edegor faoliyatida ilk marta ushbu sovringa ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurosport