Norin yaqin orada yangi bosh murabbiyini ma'lum qiladi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018
Pro-liga qatnashchisi Norin ayni damda o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda.

Haqquloodliklar kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib boryapti. Ertalab jismoniy tayyorgarlik bo'yicha, tushlikdan so'ng to'p bilan, texnik-taktik  borasida mashg'ulot o'tkazilmoqda. Bosh murabbiy Vali Keldiev yaqinda Surxonga qaytishga qaror qilgandi. Ammo u yerda murabbiy bu safar ham uzoq vaqt ishlamadi. Natijada haqqulobodliklar ham boshqaruv postiga boshqa nomzodlarni ko'rib chiqishni lozim topgan ko'rinadi. 

Klub menejeri Fayzullo Ahmedovning aytishicha, hozirda bir nechta murabbiylar bilan muzokara ketmoqda. Shunday ekan Norinning yangi bosh murabbiyi yaqin orada ma'lum qilinadi. Hozircha mashg'ulotlarga Fayzullo Ahmedovning o'zi boshchilik qilmoqda. O'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan asosiy tarkib futbolchilari saqlab qolingan. Shuningdek andijonlik iqtidorli darvozabon Barakatillo Isroilov himoyachilar Ahror O'ktamov va Abdurasul Komilov ham Norinning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

11 fevral kuni haqqulobodliklar Qirg'izistonga safar uyushtirib, O'shning Oloy jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia