

"Yigitlar harakat qilishdi va afsuski o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi. Raqiblar esa bunday imkoniyatlardan foydalanishdi.
Ishonchli va dadil o'ynaganliklari uchun yigitlardan minnatdorman. Tarkibimizda yoshlar ko'p edi, ularga biroz tajriba yetishmadi. Shuningdek omad ham bizdan yuz o'girdi", - deya so'z boshladi Yusupov.

- Nima uchundir jamoangizda yaqqol yetakchi yo'q...
- Bizda bir necha tajribali futbolchilar bor. Afsuski, ular bu borada o'zlarini ko'rsata olishmadi. Yosh yigitlarga esa vaqt kerak. Ha, hozircha bizda bunday futbolchi yo'q.
O'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'rgandik. Xech qanday principlik bo'lmadi. Bu OFK kubogi doirasidagi navbatdagi o'yin edi.
Qanday baho qo'yaman? Yutqazganda qanday baholash mumkin? Futbolchilar imkon darajasida o'ynashdi. Baho esa albatta qoniqarli emas", dedi No'monjon Yusupov.
Tolibjon Qosimov, Dushanbe shahridan.





