No'mon Hasanov: "Qo'qon-1912" oliy ligada qolish uchun kurashadi"

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2016, 22:32
"Mashal" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov qatnashdi.
"Ikki jamoa teng kurash olib bordi. Jamoaga yangi keldim, o'zgarishlar kiritdim. Maqsadimiz oliy ligada qolish, shuning uchun kurash olib borayapmiz. Birinchi davra tugashiga 2 tur qoldi. "Mashal"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

"Qo'qon-1912"ning oldingi o'yinlarini ko'rib chiqdim. Jamoaning jismoniy holati u qadar yaxshi emas. Buning ustida ishlayapmiz. Yozda tarkibga bir nechta futbolchi olib kelmasak bo'lmaydi. Qo'qonda futbolga juda ko'plab muxlislar keladi. Muxlislar ishonchini oqlash uchun harakat qilamiz.

Iqbol Malikjonov va Oybek Rustamovning o'yini menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ularni maydonga tushirib to'g'ri qilibman", - deydi Hasanov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia