No'mon Hasanov: Agar jamoada qolsam, Solovyovni Navbahorda olib qolgan bo'lardim

Aslanov Jasurbek
20 noya 2020, 20:22
Coca Cola Superliganing 23-turidan o'rin olgan Navbahor - Surxon (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bugungi o'yin yaxshi o'tdi. Futbolchilar maydonda rohatlanib bir-birlariga pas berishmoqda. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik.

Kelasi yil Navbahorda ishlashim hozircha aniq emas. Solovyov haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsam, yaxshi va mehnatkash futbolchi. Agar jamoada qolsam, Ivanni Navbahorda olib qolgan bo'lardim.

Oq-tepa bilan o'yinga ham jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Ushbu o'yinda har narsa sodir bo'lishi mumkin. Oq-tepa bitta gol urib, himoyani mustahkam ushlab, natijaga erishishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, astoydil harakat qilamiz.

Ayrim muxlislardan jamoani qo'llab-quvvatlashlarini va futbolchilarni so'kmasliklarini iltimos qilib qolaman. Bu futbolchilarga salbiy ta’sir qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Navbahorfans