Nolito: "Germaniyaga qarshi o'yinda Ispaniya terma jamoasida debyut qilsam zo'r bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
17 noya 2014, 12:46
Ispaniya terma jamoasidan taklif olgan "Selta" yarim himoyachisi Nolito o'zining debyut uchrashuvini nemislarga qarshi o'tkazishni xohlayotganini aytdi.

"Vigoda o'zimni uydagidek his qilyapman. Debyut uchun bundanda yaxshiroq imkoniyat bo'lmaydi. Debyutni o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida, jahon chempionlariga qarshi qilgan yaxshiroq. Belaruslar bilan o'yinda maydonga chiqmaganimga xafa emasman, lekin zaxira o'rindig'ida senga imkoniyat berishlarini doimo kutasan. Xatto besh daqiqaga bo'lsa ham" - deydi Nolito.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 18 noyabrda Vigo shahrida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com