Nizomiddin Ziyovutdinov: "Navbahor" bilan o'yinda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2021, 15:43
Yorqin Nazarov murabbiyligidagi "Andijon" jamoasi Superliganing 11-turida AGMKga qarshi maydonga chiqdi va 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinov fikrlarini bildirib o'tdi.

"AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Sobiq jamoamga qarshi o'ynash qiziqarli bo'ldi, deb o'ylayman. Kuchli raqiblarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. Faqat birinchi bo'limda o'tkazib yuborayotgan gollarimiz qimmatga tushmoqda. Ayrim vaziyatlarda esa tajriba yetishmasligi pand beryapti. 

Har bir o'yinda maksimal darajada harakat qilyapmiz. "Navbahor" bilan ham g'alaba uchun o'ynaymiz. Jamoamizda tajribali futbolchilar kerak. O'ylaymanki, ikkinchi davrada tajribali ijrochilar safimizga qo'shiladi. Umid qilamanki, g'alabalar qozonib turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilab olamiz. 

Superliga jamoalaridan takliflar bor. Lekin qaysi klubligi sir bo'la qolsin. Lekin "Andijon" bilan shartnomam yil oxirigacha mo'ljallangan. Birinchi davradan so'ng hammasi hal bo'ladi. Jamoadan ketish haqida menga hech kim biror narsa, degani yo'q. Bu haqida klub rahbariyati bilan gaplashib olishim kerak",- deydi Nizomiddin Ziyovutdinov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia