"Nima deyishni ham bilmayman" - Ruben Diash

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025, 17:39
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash "Real"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (2:3) haqida gapirdi.

Xosep Gvardiola shogirdlari 86-daqiqagacha 2:1 hisobida oldinda bordi, biroq Madridga yo'l olishdan oldin durang ham qayd eta olmadi. Mehmonlarga g'alaba keltirgan gol 92-daqiqada Jud Bellingem tomonidan urildi.

"Nima deyishni ham bilmayman. Ayniqsa, bunday o'yindan keyin nimalar bo'lganini qabul qilish oson emas. Juda xafamiz", – dedi Diash o'yindan keyingi intervyuda.

"Shaharliklar" 19 fevral, chorshanba kuni "Santyago Bernabeu"da g'alaba qozonishga harakat qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror