Nikolas Kordoba: "O'zbekiston o'yinni to'liq nazorat qildi"

Mirjalol Normatov
4 iyun 2022, 22:33
O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan so'ng qatarliklar ustozi Nikolas Kordoba o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tezkor gol rejalarimizni butkul o'zgartirib yubordi. O'zbekiston yaxshi o'yin namoyish etdi, ularning hujumlari rang-barang ko'rinish oldi. Butun o'yin davomida raqib o'yinni nazorat qildi. O'zbekiston g'alabaga haqli edi. Endilikda bor e'tiborimizni kelgusi o'yinga qaratamiz. Mag'lubiyatdan so'ng tezroq tiklanishga harakat qilamiz. Bugungi mag'lubiyatni qabul qilishimiz qiyin, albatta. Mag'lubiyatda faqatgina darvozabonni ayblab bo'lmaydi, butun jamoa birdek aybdor sanaladi. Hali qiladigan ishlarimiz bisyor. Futbolchilar ham odam, ularning ham oilasi bor", - dedi Kordoba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia