Niko Kovach qo'l ostidagi "Bavariya"dan ajoyib natija

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 13:05
Xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach "Bavariya" ruliga o'tirganidan buyon jamoa g'alabali seriyalarni davom ettirmoqda.

Kovach "Bavariya"dagi debyut uchrashuvini Germaniya superkubogida g'alaba bilan nishonlagandi. Keyinchalik myunxenliklar Germaniya kubogida ham g'alaba nashidasini surishdi. Bundesligada esa "Bavariya" o'tkazilgan uchta turning barchasida g'alaba qozondi. Niko Kovach YCHLdagi o'zining debyut bahsini ham yutuq bilan boshladi.

Ayni paytda "Bavariya" Niko Kovach qo'l ostida jami 6 o'yin o'tkazdi va barchasida g'alabani tantana qildi. To'plar nisbati - 17:2.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia