Nihoyat, rasman: Reshford - "Barselona" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
23 iyul 2025, 21:58
"Barselona" matbuot xizmati Markus Reshford bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 27 yoshli futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi. Kataloniya klubi ijara uchun 3 million evro, bir mavsumdan keyin uning transferi uchun 30 million evro, agar sotib olmasa 5 million evro to'laydi.

Oldinroq Reshford "Barselona"da 14-raqam ostida o'ynashi ma'lum qilingandi. Shuningdek, angliyalik futbolchi "Barselona"da yiliga 14 million evro  maosh oladi.

Reshford "Manchester Yunayted" tarkibida umumiy hisobda 426 o'yinda qatnashib, 138 gol va 77 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://www.instagram.com/fcbarcelona/