

"Sky Sports"ning xabar berishicha, o'yinchi mashg'ulotlarga qaytdi va ushbu dam olish kunlari "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ishtirok etishga tayyor.
Oldinroq, Marez "Lester" uni aynan "Man Siti"ga qo'yib yubormagani uchun boykot e'lon qilgan edi. Jazoirlik "tulkilar" uni sotishmaganidan g'azablangan edi.

"Lester" mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani uchun Marezni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edik.



