

Insayderning so'zlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lamini uzib olgan. Shu tariqa, futbolchi yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Futbolchi katta ehtimol bilan 2026 yilning oxirida maydonga qaytishi mumkin.
Simons bu mavsumda klub darajasidagi barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.



