Niderlandiya klubida koronavirus bilan bog'liq 9 holat aniqlandi

Alisher
17 okt 2020, 16:48
"Az Alkmaar" jamoada koronavirus bilan bog'liq vaziyat yuzaga kelganini ma'lum qildi.

Test natijalariga ko'ra, jamoada koronavirus bilan bog'liq 9 holat aniqlangan.

Bosh jamoaning 4, yoshlar jamoasining 2 futbolchisida va 3 xodimda koronavirus aniqlandi. Ularning barchasi izolyaciya qilingan.

Alkmaar jamoasi Niderlandiya chempionatining 4 turidan so'ng 3 ochko to'plagan holda, jadvalning 13-o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: az.nl