"Nicca" Kavani bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Bundan tashqari klub "Arsenal"dan Pepeni ijaraga olmoqchi

Administrator
19 avg 2022, 22:50
Francuz klubi o'z tarkidiga taniqli futbolchilarni qo'shib olish niyatida.

"Nicca" klubi MYU sobiq hujumchisi Edinson Kavani bilan shartnoma imzolash niyatida. Kavanining akasi bugun "Nicca" bazasiga tashrif buyurgan. Unga klub tomonidan shartnoma shartlari taqdim qilingan. Francuz klubi tomonidan berilgan taklif "Vilyarreal"nikidan yaxshiroqligi xabar qilinmoqda. 

Shu bilan birga, "Nicca" "Arsenal" vingeri Nikolya Pepeni ham ijaraga olish niyatida. 

Ma'lumot uchun, Edinson Kavani o'tgan mavsum APLda 15 o'yinda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga erishgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Nice-Matin