Ngolo Kante faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin

Alisher
11 yanv 2020, 17:37
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante qishki transferlar oynasida "Real"ga o'tishi mumkin.

Transferga shaxsan "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o'zi qiziqmoqda.

Ammo, Madrid klubi rahbariyati yarim himoyachining 100 million evro miqdoridagi narxidan norozi.

Bundan tashqari, Kantega "Bavariya" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror