

"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin. Futbolchi Londonning boshqa klubiga erkin agent sifatida o'tishga rozilik berdi. Ngolo "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolamaydi. Xabar qilinishicha, "Arsenal" Kantega ikki yillik shartnoma taklif qilgan.
NʼGolo Kante “Ko'klar” safida 2016 yildan beri harakat qilib keladi. U bu mavsumda jarohat sababli deyarli maydonga tushmadi.



