Neymarning otasi: "O'g'lim jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi shart emas"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2015, 13:14
"Barselona" hujumchisi Neymarning otasi katta Neymar da Silvaning so'zlariga ko'ra, jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lish u va o'g'li uchun asosiy maqsad emas.

"Albatta, "Oltin to'p" - o'g'limning kelajagida katta rol o'ynaydi. Biz doimo bu haqda gaplashamiz. Neymar jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi shart emas, lekin u yetakchi chempionatlarning kuchli jamoalarida o'ynashi kerak. Shunchaki Neymarga futbol o'ynash yoqadi. Bunday futbolchilar raqobatga bardosh bera oladi" - deydi katta Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport