Neymarning otasi o'g'lida boshqa klubdan jiddiy taklif borligini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016, 11:41
"Barselona" hujumchisi Neymar boshqa klubdan moliyaviy jihatdan juda yaxshi taklif oldi.

Bu haqda uning otasi futbolchining "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi yuzasidan bo'lib o'tayotgan sud jarayonida ma'lum qildi.

Shunga qaramasdan katta-Neymar o'g'li boshqa jamoaga o'tmasligini va Kataloniya klubi bilan shartnoma uzaytirishini aytdi.

Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres Neymarga 35 mln. evrolik maosh va shartnoma tuzilishi uchun 30 mln. evro taklif qilgani e'lon qilingan edi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Radio Catalunya