Neymar: "Seni sevaman, Barselona"

Narzulla Saydullayev
18 avg 2017, 09:55
Barselona sobiq hujumchisi Neymar kecha Barselona shahrida sodir bo'lgan teraktga o'z munosabatini bildirdi.

Jabrlanganlarnig oilasiga xudo madadkor bo'lsin. Barselona uchun duodaman. Seni sevaman, Barselona, – deb yozadi Neymar instagramdagi o'z sahifasida.

Kecha Barselona shahri markazidagi La Rambla maydonida yuk mashinasi odamlar ustiga yurib ketgan. Policiya bu holatni terakt deb baholadi. 100 nafar inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/neymarjr