Neymar qaysi jamoada o'ynashni istashini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2017, 20:15
"Barselona" hujumchisi Neymar "Marca" nashriga intervyu berdi.

Ana shu suhbat chog'ida braziliyalik futbolchi bir kun kelib vataniga qaytib o'ynashni istashini aytib o'tdi. Eslatib o'tamiz, o'yinchi "Ko'k-anorranglilar" safiga o'tishdan oldin "Santos"da to'p tepgan.

"Braziliyada "Flamengo" tarkibida o'ynashni hoxlardim. "Santos"ning shu jamoaga qarshi o'yini yodimda. Biz "Flamengo"ni mag'lub etganmiz, lekin ularning muxlislari o'z o'yinchilarini qo'llashdan to'xtashmagan edi", - dedi Neymar.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport