Neymar qachon safga qaytishi mumkin?

Mirjalol Normatov
15 yanv 2022
PSJ forvardi Neymar 28 noyabr kuni "Sent Eten"ga qarshi o'yinda olgan jarohatini davolash bilan band.

Forvard hali jamoaning umumiy guruhi bilan mashg'ulot olib bormayapti. Shifokorlarning dasturiga ko'ra, u 23-tur doirasida "Lill"ga qarshi o'yinda maydonga qayytishi kutilmoqda. Bu bahs 6 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ayni damda u murabbiylar bilan jismoniy holatini yaxshilash borasida mashg'ulotlar olib bormoqda. Agarda barchasi grafik bo'yicha ketadigan bo'lsa, 31 yanvar kuni "Nicca"ga qarshi o'yinda unga imkoniyat berilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football